Joshua Zirkze uchun mavsum yakunlandi

I.J.I
16 apr 2025
Joshua Zirkze jarohat tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqdi.

"Manchester Yunayted" hujumchisi APLning 32-turida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (1:4) son orqa muskulini jarohatlagandi.

Mankunianliklar bosh murabbiyi Ruben Amorim Zirkzening bu mavsumda boshqa maydonga tushmasligini tasdiqladi.

"Joshua mavsum oxirigacha safdan chiqdi, u boshqa o'ynamaydi. Kelgusi mavsumga tayyorlanishni boshlasa ham bo'ladi. Bu og'ir, ayniqsa hozirgi paytda. Hozir u tiklanishga tayyorgarlik ko'rishi kerak," dedi Amorim.

APLning joriy mavsumida 23 yoshli gollandiyalik 32 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: manutd.com

Izohlar