Jozep Bartomeu: "Barselona" Messidan keyingi davrga tayyorlanmoqda"

Mirjalol Normatov
9 noya 2019
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu forvard Leo Messi haqida gapirdi.

"Messidan keyingi davrga tayyorlanyapmiz. Keyingi ikki yoki uch mavsum davomida jamoaning yetakchisi Messi bo'ladi. Ha, tashqaridan jamoamizda o'ynashni istayotgan iqtidorli futbolchilar talaygina. Ammo bizda akademiya bor. Biz Messidan keyingi eraga yaxshi tayyorlanayotganimizdan xursandman.

Men har doim Messini Pele bilan solishtiraman. Albatta, u faoliyatini yakunlaganidan keyin "Barselona" uchun kerakli inson bo'lib qolaveradi. Uning shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi. Agarda Leo o'zining kuchini etarlicha deb hisoblasa, shartnoma yanada uzaytirilishi mumkin", - dedi Bartomeu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express