K Liga. Rustam Ashurmatov jamoasi o'z maydonida durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
16 aug 2020
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 16-tur o'yinlari davom ettirilmoqda.

Hamyurtimiz Rustam Ashurmatov to'p tepayotgan "Kvandju" klubi o'z maydonida "Kangvon"ni qabul qilib 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Ashurmatov mazkur uchrashuvda maydonda to'liq harakat qildi.

"Kvandju" bugungi o'yindan keyin o'z ochkolarini 16taga etkazib oldi va 12 jamoa orasida 9-o'rinda bormoqda.


K Liga. 16-tur. Musobaqa jadvali
"Kvandju" - "Kangvon" 2:2
Gollar:
Von Sang Eom 25, Villian 54 - Son Dae Kim 20, Mu Yol Go 80.

TAS-IX emas





Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar