Kafu Anchelotti haqida: "Bu normal holat emas - braziliyalik ishqibozlar unga ishonishmaydi"

Omonjon To`xtamirzayev
4 apr 2024
Kafu Braziliya terma jamoasiga Karlo Anchelotti bosh murabbiy bo'lishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.

Avvalroq "Real" ustozi Braziliya futbol konfederaciyasi bilan aloqalar bo'lganini tasdiqlagandi: "Barchasi "Real" bilan vaziyatga bog'liq edi. Klub ishimizdan qoniqayotgan ko'rinadi va shartnomani uzaytirishdan boshim osmonga etdi".

– Anchelotti Braziliya termasi boshqaruvini o'z qo'liga olishi haqida ko'p mish-mishlar yuribdi. Xorijlik murabbiy milliy termani boshqarishiga qanday munosabat bildirish mumkin? Bu normal holatmi yoki yo'q?

– Bu normal holat emas. Bizda bunaqasi [xorijlik murabbiy] hech qachon bo'lmagan. U hech qachon Braziliya termasida ishlashni istashini, terma jamoa bilan shartnoma imzolaganini aytmagan. Nazarimda, braziliyalik muxlislar unga biroz ishonishmayapti.

Siz Braziliya termasi azosi bo'lsangiz, bu haqida hamma bilishini, butun dunyoga jar solishni istaysiz. Biz ajoyib murabbiy haqida gapiryapmiz, u futbolni yaxshi ko'radi va yaxshi tushunadi, – dedi "Milan" va Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar

Liverol Motor Oil
4 apr 2024
Э,қойиле! Бразилия тарихида бирон марта хорижлик мураббий ишламаган ва улар Жахон кубогини ютиш буйича рекордчи! Бунисиям майли,Жахон чемпиони булган барча жамоаларда мураббийлар хар доим уша юрт фуқороси булган! Биронта хорижлик мураббий узга юрт жамоасига мураббийлик қилиб ЖЧни ютмаган. Бунисига нима дейсиз? Биз эса Бабаяннинг қадрига йетмадик)))