Kalabriya "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi

Alisher
9 may 2022
"Milan" himoyachisi Davide Kalabriya "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ispaniya chempionlari 25 yoshli o'yinchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganmoqda.

Kalabriya butun faoliyatini italyan klubida o'tkazdi va so'nggi yillarda A Seriyaning eng yaxshi o'ng qanot himoyachilaridan biriga aylandi. "Real" esa so'nggi vaqtlarda o'yini savollar tug'dirayotgan Dani Karvaxalga o'rinbosar izlamoqda. Shu sabab madridliklar "Milan" himoyachisiga e'tiborlarini qaratishdi.

Kalabriya joriy mavsum A Seriya doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes