"Kalyari" Shomurodov uchun qancha to'lashi ma'lum

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2023
O'zbekiston terma jamoasi hamda "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov "Kalyari"ga o'tishga yaqin.

Manbaga ko'ra, sardiniyaliklar 28 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishadi.

Shomurodov uchun 1 million evro to'lanadi, uni sotib olish huquqi esa 9 million evroni tashkil etadi. Hujumchining maoshining teng yarmini "Roma"ning o'zi to'lab beradi.

Forvard 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Speciya"da o'tkazgandi. U o'tgan mavsum 24 ta o'yinda 2 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio