Kamavinganing holatiga bugun baho beriladi

Mirjalol Normatov
14 noya 2025
"Real" futbolchisi Eduardo Kamavinga boldir mushaklaridan jarohat oldi.

Uning jarohati sababli "Yuventus" futbolchisi Kefren Tyuram Fransiya termasiga jalb qilingandi.

"Real" futbolchisi o'zida og'riq his qilgani uchun jamoa mashg'ulotlarida alohida shug'ullandi.

Eduardoning holati bugungi o'yindan keyin aniq bo'ladi va uning Madridga qaytarilishi ko'rib chiqiladi.

Fransiya bugun JCH-2026 doirasida Ukrainaga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 00:45da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal