Kannavaro O'zbekiston MTJ futbolchisining o'yinini stadiondan tomosha qildi

Sherzod Nurmatov
29 dek 2026
O'zbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro BAAda bo'ldi.

O'FA matbuot xizmatiga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro himoyachi Abdulla Abdullaev to'p tepadigan "Dibba Al Fujayra" jamoasining "Al Vasl"ga qarshi uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qildi.

"Dibba Al Fujayra" BAA Pro ligasi doirasidagi uchrashuvda 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Mezbonlar safida o'zbekistonlik Abdulla Abdullaev to'liq harakat qildi. Jamoa 10 uchrashuvdan so'ng 3 ochko jamg'argan holda chempionat turnir jadvalida so'nggi – 14-o'rinda bormoqda. "Al Vasl" esa 18 ochko bilan uchinchi o'ringa joylashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати