Kanselu, Lodi, Al Shahroni, Mitrovich va yana 2 futbolchi "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025
Ertaga Elit OCHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Al Hilol" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Saudiya Arabistoni jamoasi Toshkentga bir qator yo'qotishlar bilan etib keldi.

"Al Hilol" matbuot xizmatiga ko'ra, 6 nafar futbolchi ertaga maydonga tushmaydi:

O'ng qanot himoyachisi Hamad Al Yami elkasidan jarohat olgan;

Qanot himoyachisi Joau Kanselu tizzaosti payini uzib olgani uchun 8 hafta davolanadi;

Chan qanot himoyachisi Renan Lodi hozircha sport zalida shug'ullanmoqda;

Hujumchi Aleksandar Mitrovich jamoa O'zbekistondan qaytganidan keyin mashg'ulotlarga qo'shiladi;

Markaziy himoyachi Hasan Al Tambakti jarohatdan tiklanishda davom etmoqda;

Chap qanot himoyachisi Yosir Al Shahroni tiklanish jarayonini davom ettirmoqda, jamoa mashg'ulotlarining bir qismida qatnashdi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" – "Al Hilol" bellashuvi ertaga "Jar" stadionida 21:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: alhilal.com

Izohlar

Nod34 34
3 mar
Bahor, qor, jarohatlar bor, paxtakorga omad yor
Imdorama
3 mar
Kattaroq xisobda yutadi PAXTAKOR xammasi shunga qarab kelyapti omon.
Tilla
3 mar
Бу хам бизнинг фойдамизга, Пахтакор газини бос энди, мухлисларинг сен билан
Akmal Shermatov
3 mar
Pisand qulmayapti paxtakorni sovuqda qotadi ertaga 9 o'yin bo'da
International
3 mar
Mashi saytda o'tirib karillidigan Paxtakor muhlislari ertaga stadionaga tushasilami? Man hich qachon Paxtakorga muhlislik qimagan bo'samam agar Uzbda bo'ganimda tushardim.