Kapello: "Ronaldu Portugaliyani bir o'zi jahon chempionatiga olib chiqdi"

Tolibjon Qosimov
6 dek 2013
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello 2013 yil yakunlariga ko'ra "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu olishi kerak ekanini yana bir bor ta'kidlab o'tdi.
"Bu yil Krishtianu har qachongidan ham ushbu sovringa munosibroq. So'nggi yillarda u munosib ravishda Messidan keiyngi ikkinchi o'rinni egallab kelayotgandi. Ammo bu yil ko'plab o'yinlarda hal qiluvchi rol o'ynadi. U bir o'zi Portugaliyani jahon chempionatiga olib chiqdi. U meni hayratga soldi", dedi mutaxassis. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com