Kapello: “Sarri uni qaydnomaga kiritmay xato qildi”

Eldor Akmurzayev
28 okt 2019
Italiyalik mutaxassis Fabio Kapello “Yuventus” ustozi Maurisio Sarrini tanqid qildi.

 Gap shundaki, Sarri A Seriya doirasidagi “Lechche”ga qarshi bahs (1:1) oldidan jamoa forvardi Krishtianu Ronalduga hordiq chiqarishi uchun dam bergandi.

“Bu xato qaror bo'ldi. Uni uyda qoldirmay, zaxira futbolchisi sifatida qaydnomadan o'tkazish kerak edi. Boisi, Ronaldu bahs oxirida o'yinga qo'shilib, boshqalardan ko'ra ko'proq foydali harakatlarni amalga oshirgan bo'lardi”, – deya qayd etgan Kapello. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia