

"Madrid" Alonso qo'l ostida ilk bor ketma-ket ikkita bahsda g'alaba qozona olmadi - Chempionlar Ligasida "Liverpul"ga (0:1) mag'lub bo'ldi va La Ligada "Rayo Valekano" bilan (0:0) durang o'ynadi. Shuningdek, Alonso "Atletiko"ga qarshi derbida 2:5 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin ham tanqidga uchradi.
Shunga qaramay, "qaymoqranglilar" LaLiga jadvalida yetakchilik qilmoqda, "Barselona"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan holda ulardan uch ochko oldinda bormoqda.
"Real"da durang - bu inqirozning boshlanishi? "Madrid" natijalari hozircha yaxshi taassurot qoldiryapti. Undan yana nima talab qilish mumkin?" - dedi Anchelotti.


