Karlo Anchelotti: "Real"dan keyin boshqa klubda ishlashni istamadim"

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti nega Braziliya termasini boshqarishga qaror qilgani haqida gapirdi.

"Men "Real"dan keyin boshqa klubda ishlashni istamadim. Ikki yil oldin Braziliya termasini boshqarish imkoniyati paydo bo'lgandi, lekin men "Real" bilan shartnomamni uzaytirgandim. O'tgan yili esa kyetish vaqti kelganini tushundim va hozir baxtliman", – dedi Anchelotti.

Braziliya milliy jamoasi yozda JCH-2026'da ishtirok etadi. Qur'a tashlash marosimi natijasiga ko'ra, jamoa "C" guruhidan joy olgan va Gaiti, Marokash hamda Shotlandiyaga qarshi o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladi. Amaldagi jahon chempioni - Argentina MTJ.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca