Karlo Anchelotti sudda soliq firibgarligi bo'yicha ishda ko'rsatma berdi. Prokuratura "Real" murabbiyi uchun 4 yilu 9 oy qamoq jazosini so'ramoqda

Aslanov Jasurbek
2 apr 2025
Karlo Anchelotti soliq firibgarligi bo'yicha sudda ko'rsatma berdi.

Oldinroq, Madrid prokuraturasi "Real" bosh murabbiyi uchun firibgarlik aybi bilan 4 yilu 9 oy qamoq jazosini talab qilgan edi.  

Italiyalik mutaxassisning umumiy soliq qarzi 1 217 958 evroni tashkil etdi. Bundan tashqari, unga 243 593 evro miqdorida jarima va 47 298 evro foizlar belgilangan. Anchelotti 2014-2015 yillarda ikkita qoida buzishda ayblanmoqda. Ayblov xulosasiga ko'ra, unga umumiy summasi 3 186 237 evro bo'lgan ikkita jarima solish talab qilinmoqda.  

Prokurorning fikricha, Ispaniyada soliq rezidenti maqomini tasdiqlaganiga qaramay, Anchelotti o'zining soliq deklaraciyalarida faqat "Real"dan olingan ish haqini ko'rsatgan, lekin imij huquqlaridan tushgan daromadni qayd etmagan.  

"Real" menga imidj huquqlarini o'tkazishni taklif qilganda, men ingliz maslahatchim bilan bog'landim, keyin esa tafsilotlarga kirmadim, hamma narsa qonuniy deb o'yladim.  

Bu firibgarlik deb baholanishi mumkinligini bilmagandim. Demak, hamma narsa etarlicha to'g'ri bo'lmagan deb o'ylayman.  

Men faqat klubdan sof olti million olishga etibor berganman va prokuratura menga qarshi tergov olib borayotgani haqida hech qanday xabar olmaganman", – dedi Karlo Anchelotti Madrid provinciya sudida bo'lib o'tgan majlisda.  

Shu daqiqalarda italiyalik mutaxassis sud binosini tark etdi. U jurnalistlarga: "Hammasi joyida", – dedi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: marca.com

Izohlar

Rasul M
2 apr
Bizam Barcelonani tullak muxlislariga oxshab bu prakraturadan Laporte yoki Barcelonani muxlisalari iltimos qilib qamatmoqchi desakmikina Tentaklar jamoasi bu barcelona muxlisalariyam girt tullak Erkaklari bor ularga tegishlimas
Bexruz Shoxista
2 apr
Peres yoʻl qoʻymaydi. Benzemaniyam qamalib ketishiga oz qolganda olib qoludi. Jinam urmaydi Anchelottiga. Qoshin chimirib chiqib keladi xali)
Fazliddin Yodgorov
2 apr
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod boʻlishga sabab boʻlolmaydi
Frend Uzbekistan
2 apr
Qonun oddiy odamlar uchun.
Dostonbek Anvarov
2 apr
Бахонани кара итваччалигини яхши айтмабди бизда 15 ЛЧ бор диб хД