

Ma'lumotlarga qaraganda, klubdagilar murabbiy borasida yakuniy qarorni Kubok finali va YCHLdagi natijadan kelib chiqib qabul qilishadi. Jamoa bu musobaqalarda ham omadsizlikka uchrasa, Peres boshqa variantlarni ko'rib chiqa boshlaydi.
Shuningdek, Anchelotti hamon Braziliya masalasini ochiq qoldirmoqda. O'z navbatida Braziliya futbol federatsiyasi may oyi yakuniga qadar murabbiyning yakuniy qarorini kutishini ma'lum qilgan. Bundan taxmin qilish mumkinki, yaqin haftalar ichida Don Karloning taqdiri hal bo'ladi.



