Karlush Keyrush Eronning guruhdagi raqibi boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021
Iroq matbuoti terma bosh murabbiyligi uchun Karlush Keyrushni asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.

Barchaga ma'lumki, Iroq termasi JCH-2022ga chiqish uchun kurashni davom ettiradi. Saralashning 2-bosqichida iroqliklar 17 ochko to'plagan holda hal qiluvchi bosqichga yo'l olgandi. Eng qizig'i, ushbu bosqichda ham Iroq Eronga qarshi qarshi bahs olib borgandi. 3-bosqichda ham Iroq termasini Eronga qarshi bahslar kutib turibdi.

Karlush Keyrush esa 2011-2019 yillar davomida Eron termasini boshqargandi. Yaqindagina u Kolumbiya termasidan iste'foga chiqdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev