Karlush Keyrush: "Kelajagim haqida hozircha hech narsa deya olmayman"

Xayrulla Xoliqov
28 iyun 2018
Eron terma jamoasi JCH-2018dagi ishtirokini yakunlaganidan so'ng bosh murabbiy Karlush Keyrush intervyu berdi.

"Daily Nation" nashri muxbiri bilan suhbatlashgan portugaliyalik mutaxassis kelajakda qayerda faoliyat olib borishi haqida hali bir qarorga kelmaganini aytib o'tdi.

"Faqat shuni aytishim mumkin, menga Eron futbol federatsiyasi tomonidan 6 oylik taklif bo'ldi. Ammo hozircha bu haqda batafsil gapirishni xohlamayman. To'g'risini aytsam, o'z kelajagim haqida hech narsa deya olmayman".

"Murabbiy uchun taklif bo'lgani doim yaxshi, chunki hech kim ishsiz qolib kyetishni istamaydi. Lekin hozir bu haqda gapirishning mavridi emas. Men jahon chempionatiga borgan barcha eronliklarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Biz yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildik, hech bir futbolchiga etirozim yo'q".

"Aniy paytda futboldan sal chetga chiqib dam olishni xohlayman. Ana undan keyin rejalar haqida bosh qotirmoqchiman", - deydi Karlush Keyrush.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com