Karvaxal: "Real"ga qarshi o'ynashni istamayman"

Mirjalol Normatov
28 dek 2024
"Real" himoyachisi Dani Karvaxal jamoasiga qarshi o'ynashni istamasligini aytdi.

"Bir kun kelib, "Real"dan ketadigan bo'lsam, Yevropa klubiga o'tmayman. Ispaniya chempionati yoki YCHLda ham "Real"ga qarshi o'ynashni istamayman. Hozir Qatarda o'ynayotgan Xoselu meni o'sha erda kutishini aytdi: "Seni kutyapman va sen uchun jamoada joy olib turibman", - deb ta'kidladi Karvaxal.

Dani 2013/14 yilgi mavsumdan buyon "Real" tarkibida o'ynamoqda. Shu vaqtdan beri u 427 o'yinda qatnashib, 14 gol va 65 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano