Kasemiro: "Ronaldu navbatdagi uchrashuvlarda ko'p gol uradi, bundan havotir olmayapman"

Aslanov Jasurbek
6 noya 2017
"Real" yarim himoyachisi Karlos Kasemiro joriy mavsum kam gol urayotgan Krishtianu Ronalduni qo'llab-quvvatladi.

Portugaliyalik LaLiganing 7ta uchrashuvida 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

"Ronaldu doimo gol urishni istaydi va buning uchun vaziyatlar yaratadi. U keyingi uchrashuvlarda ko'plab gollar uradi, bundan havotir olmayapman. Benzemaga to'xtaladigan bo'lsak, u eng yaxshi markaziy hujumchi. U yaxshi o'ynaydi va keyingi bahslarda gol urishiga ishonaman" - deydi Kasemiro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com