"Kassaga chiqmagan biletlar bor" yoxud "Bunyodkor" stadioni yonidagi chipta olib sotarlari bilan suhbatlar

Narzulla Saydullayev
18 jun 2022
Biroz avval reportaj tayyorlash maqsadida "Bunyodkor" stadioni kassasi yoniga bordik.

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan videolardan keyin bugungi holat ancha tartibga keltirilgani ko'rindi. Chiptaga navbatlar uzun, lekin xavfsizlik xodimlari odamlarni uch qismga bo'lishgan. Dastlabki qismda 100ga yaqin odam turibdi, u erdan 10 nafar odam o'tkaziladi va ikkinchi qismga o'tib borishadi. Bu erda 4ta yo'lak bor va taxminan 30-40 nafar odam turibdi. Nihoyat uchinchi qism chiptaxona oldida turibdi. Soat 13:05da borganimizda chiptaxonada chipta qolmagani 10 daqiqada kelishini malum qilishdi. Biroz kutdik va rostdan ham chipta sotila boshlandi. Balki shunchaki chipta sotuvchilari biroz xordiq chiqarib olishgandir, balki rostdan ham chipta qaerdandir olib kelingandir. Buni bizga qorong'u. Birinchi qismda turgan odamlardan biridan qancha vaqtdan beri bu erda turibsiz deganimda soat 10da kelganini aytdi. Uch soatda ikkinchi qismga kirishga yaqin kelib qolgan odam edi u. Yani chiptaga talab nihoyatda yuqori va havo juda issiq bo'lishiga qaramay odam juda ko'p. 

Agar kassadan chipta olmoqchi bo'lsangiz juda ham ko'p vaqtingiz ketadi va issiqda qolasiz. Tavsiyamiz soyabon olib oling.



"Bunyodkor" stadioni atrofida chipta sotayotgan odamlar bilan suhbatlar:

Birinchi odam
- Bilet bor, bilet.
- Qanchadan?

Oq qog'ozdagi yarmi yirtilgan biletni ko'rsatib: - 150 ming so'mdan.
- Bu iTicket danmi?

- Yo'q kassadan oldim.
- Kassada rangli bilet sotilmayaptimi? Bu oddiy qog'ozni olib 10ta kserokopiya qilib sotsam bo'ladi-ku? Birinchi o'zim kirib ketsam qolganlar kiromidi to'g'rimi?

- Shunaqa bo'ladi, lekin sal g'alatiroq bo'ladi-de!
- Siz 50 minglik biletni 150 ming so'mga bilet sotishiz g'alatimasmi?


Keyingi odam
- Biletlar bor...
- Aka qancha ekan bilet?

- 450 ming so'mdan.
- Uxx, bu SIP sektormi deyman?

- Xuddi o'sha joy.
- Nechta bor bunaqa biletdan?

- Nechta kerak? Bu biletlar kassa ko'rmagan biletlar (mag'rurlanib).
- Zo'r-ku aka, bizagayam o'rgating kassaga chiqmasdan bilet olishni. Qanaqqib olasiz shunaqa biletlarni?

- Endi bu nasiba uka, kassaga bilet kegan paytda ovosang-ovolding.
- Tushunarli.


Uchinchi odam
- Chipta oladiganlar bormi?
- Qanchadan?

- 100 mingdan.
- Qaysi sektor?

- Ikkinchi qavatdan, darvoza orti.
- Nechta bor, ko'proq kerak edi.

- Beshta ketma-ket joy bor olasizmi?
- Kassada bitta odamga 2tadan sotishvotti, qanaqqib ketma-ket 5ta joyni olasizlar, qoyil lekin.

- Sal sergaklanib, tag'in blogermasmisan? Telegramga chiqarvormisanmi?
- Yo'q aka, bloger emasman. Sizlarga formali akalarni kuchi etmayapti, blogerlarni kuchi etarmidi?
 



Chiptaxona yonidan sharhsiz videoni tomosha qiling




Narzulla Saydullaev tayyorladi


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

ОФСАЙД
18 jun 2022
Ман битта холатга жудаям хурсанд булдим. Билет бахона, билдимки, футболимиз хали хам тирик экан. Хеч булмаса мухлислар бор экан.
Шухрат..Талипов
18 jun 2022
Ўзбекистон Япония 1-1.Йили эсимда йўқ. Пахтакор стадионига 35 минг билет ўрнига 70минг билет сотилган. 10 минг сўмлик билетни 70минга олиб умримда биринчи мартта стадионга киромий қайтиб кетганман. Стадион ўйиндан икки соат олдин 100% тўлиб бўганийди. Тоза алам қиганийди. Муттаҳамлар.
ХОЖИ УСМОНОВ(андижон)
18 jun 2022
Ваай жаллап шу билетам МАНАПОЛЯ эээ финалга чикме ўлсин шунака килиб
Abduna Abdu
18 jun 2022
OLDINLARI ASQAR TOLIBJONOV BOR EDI - AYBDOR SHU EDI (DEYISHARDI)... ENDI BUNI TEPASIDA KIM 9LAR) TURIBDIYKIN, A?
Dilmurod Hasanov
18 jun 2022
Oddiy xalq kun boʻyi issiqda navbatda turib bilet ololsa, oʻzini baxtli his qiladi. Boylar qoʻldan bilet olib, qolganlarga past nazar bilan qarab, 10 baravar qimmatga olgani, chayqovchini boy qilgani bilan magʻrurlanib qoʻyadi. Oʻta boylarga va katta amaldorlarga esa biletni oʻzlari olib kelib berishadi. Menimcha oldingi oʻyinlardagidek muxlislar atmosferasi boʻlmasa kerak. "Oqsuyaklar" jon-jahdi bilan muxlislik qilishidan ishonmayman.
xaqiqatachiq
18 jun 2022
кани битта мард журналистинг борми ëзларинг ана нечтаси кулда билет сотяпти нагли кучада кассага чикмаган билетларди, конунгахам тогри кемедию кани охиргача борларинг кутингни гапиртирворади бу мавзуда ëзсаларинг оддий халк 5-6 соатлаб навбат туриб хам ололмаяпти.
Серый 79
18 jun 2022
Бу система бизларда хеч качон жойига тушмайди.хамма вакт шундай булиб колади.
Бахтигалий
18 jun 2022
буларга поккуй,ватан нима ватан щаьни нима,эртага невараларига мактаниб утиради,мен 1билетдан шунча фойда киганман деб пул боса болди бошкаси поккуй
Nasimov_13
18 jun 2022
Zaybal shu bilet mojarosi . Hop yo'q ekan shu bilet uyga borib 1ta zo'r ovqatchani qilib oq choynakka acchiq choycha bn mazza qilib ko'r tamom.
samarqand samarkand
18 jun 2022
Bizzar mazza qilib telfondan fudbol tvni topib pul tulab 5 daqiqa kurib 10 daqiqa zagruzkani kutub Rassiyadan kuramz silar uylaringdan kooota telvezordan kursalaring osmon uzulib yerga tushadmi 3 kundan beri bitta mavzu BELIT MUAMOSI?
Ko'proq ko'rsatish