Kuadrado: "Ronaldu meni Saudiya Arabistoniga olib kyetishni istamayapti"

Mirjalol Normatov
9 iyul 2023
"Yuventus"dan ketgan Xuan Kuadrado Saudiya Arabistoniga kyetish niyatida emas.

"Haligacha o'zimda katta kuch borligini va yuqori darajada raqobat qila olishimni bilib turibman. Saudiyada Ronaldu o'ynamoqda, biroq u meni olib kyetishni istamayapti!

Oldingi darajada emasman, ammo Yaratganga doimo iltijo qilaman. Agentim Yevropaning boshqa davlatida edi, yaqindagina u qaytib keldi, endi u bilan variantlarni muhokama qilamiz.

Albatta, takliflar bor. Yevropada qolishni istayapman. Ammo eng yaxshi variantni tanlaymiz", - dedi Kuadrado.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal