Kavani - PSJ safida 200 ta gol urgan ilk futbolchi

PSJ Liga 1 navbatdagi turida “Bordo”ni 4:3 hisobida engdi.

Uchrashuvda Parij klubi hujumchisi Edinson Kavani gol urishga erishdi. Bu Kavani uchun PSJ safida barcha musobaqalardagi 200-gol sifatida tarixga kirdi. Urugvaylik 33 yoshli hujumchi bu ko'rsatkichga erishgan PSJning ilk futbolchisi bo'ldi.

Kavani Liga 1 musobaqasi doirasida 138 ta, YCHLda 30 ta, Franciya Kubogi musobaqalarida esa 32 ta gol urgan.

Kavani PSJ tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi:

1. Edinson Kavani – 200 gol

2. Zlatan Ibragimovich – 156

3. Pedru Pauleta – 109

4. Dominik Roshto – 100

5. Mustafa Daleb – 98

6. Fransua M’Pele – 95

7. Safet Sushich – 85

8. Kilian Mbappe – 84

9. Anxel Di Mariya – 81

10. Rai – 72.


Manba: Opta