Kazemiro bugun maydonga tushishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 aug 2022
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Sautgempton"ga qarshi o'yin oldidan yarim himoyachi Kazemiro borasida gapirdi.

"Kazemiro maydonga tushishga tayyor. U so'nggi kunlardagi barcha mashug'lotlarda ishtirok etdi va individual tarzda ham shug'ullandi", - dedi ten Xag klub matbuot xizmatiga.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Kazemiro "Manchester Yunayted"ga 60 million evro evaziga "Real"dan transfer qilindi va 2026 yilga qadar shartnoma tuzildi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar

Samarkand558
27 aug 2022
Шу АПЛ трансляциясини ҳам тезроқ МТРК сотиб олсин эди. АПЛ барибир №1
Men va sen
27 aug 2022
АПЛни қачон твда кўрарканмиз, интернетда ззз бўлди одам қотиб қолавериб