Kechagi o'yinda gol urgan futbolchi: "Biz ishlashda davom etamiz"

Xayrulla Xoliqov
26 jan 2020
U-23 Osiyoning chempionatining 3-o'rin uchun bahsida Avstraliyaga omad kulib boqdi.

Grem Arnold shogirdlari biz bilan kechgan bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Nikolas D'Agostino OFK saytiga intervyu yuberdi: 

- "Juda xursandman. Biz aslida musobaqani yutishni maqsad qilgandik, lekin yarim finalda Janubiy Koreyadan o'ta olmadik. 3-o'rin uchun kechgan o'yinda g'alaba qozonib Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, bu o'yinda yaxshi harakat qildik". 

- "Meni butun musobaqa mobaynida futbolchilar, oilam azolari va klubim "Pert Glori"dagilar qo'llab turishdi. Menga bo'lgan ishonchdan xursandman". 

- "Buyog'iga yana ishlashda davom etamiz. Olimpiadagacha o'yinimni yanada yaxshilashga harakat qilaman. Jamoamizda kuchli futbolchilar ko'p va hammamiz birgalikda ko'p ishga qodirmiz". 

- "Omadim kelib gol urdim, buning ustiga raqib futbolchisi qizil kartochka oldi, bu esa bizga ustunlik berdi. Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ham Avstraliya xalqiga quvonch ulashishga harakat qilamiz".


Xayrulla Xoliqov Maqola muallifi
Muqova: the-afc.com

Izohlar

Tokio2020
26 jan 2020
Futbolchilar qaytmadimikan.......
aral2019
27 jan 2020
Биз ишлашда давом этамиз. нима бизлар энди икки йилдан кейин ишлашни бошлаймиз Бабур
Jofrik
26 jan 2020
Shukr qlila ozbekiston malades kuchlo tortlikka kirdiku nechtadan nechta komandala qop kettiku pasda noshukr bomilu erkela
Zokirov Rahimullo
26 jan 2020
Biz 4 yilgacha uxlashda davo etamiz.
Zokirov Rahimullo
26 jan 2020
Biz 4 yilgacha uxlashda davo etamiz.