Kelasi mavsumdan ECHL pley-off bosqichida ekstra-taymlardan voz kechilishi borasidagi xabarlar o'z tasdig'ini topmadi

I.J.I
9 apr 2025
UEFA kelgusi mavsumda Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida qo'shimcha vaqtlarni bekor qilishni rejalashtirmayapti.

Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi qo'shimcha vaqtlar 2025/26 yilgi mavsumda bekor qilinmaydi.

Avvalroq, turli manbalarda UEFA futbolchilarga tushadigan yukni kamaytirish maqsadida ikki o'yin natijasiga ko'ra durang qayd etilgan taqdirda, qo'shimcha vaqtlarni bekor qilish va asosiy vaqtdan so'ng darhol penaltilar seriyasiga o'tish masalasini jiddiy ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.

RMC Sport xabariga ko'ra, chorak final doirasida UEFA vakillari matbuotga Chempionlar Ligasi pley-offining amaldagi formati kelgusi mavsumda ham o'z kuchida qolishini malum qilgan.

Takidlanishicha, Chempionlar Ligasi pley-off o'yinlarida qo'shimcha vaqtlarni bekor qilish taklifi Klublar musobaqalari qo'mitasi yig'ilishida muhokama qilingan, biroq yakunda bu taklif jiddiy ko'rib chiqilmagan.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: RMC Sport

Izohlar

M.B
9 apr
Плей офф кушимча таймлари билан кизик жамоаларни хакикий кучини синаб беради
Аббосхужа
9 apr
Қўшимча таймлар кўп нарсани ҳал қилади. Пенальтиларгача бормаслиги ҳам мумкин. Пенальтилар бу лотерея деган гап. Аксарият ҳолларда битта хато барча меҳнатларни чиппакка чиқаради.