Kenja To'raev bilan Zohir Qo'ziboev "Mashal" mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti

Xayrulla Xoliqov
21 dek 2017
Muborakning "Mashal" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Jamoa a'zolari kecha PFL tomonidan yo'lga qo'yilgan sport normativlarini topshirishdi.

"Mashal" tarkibida jamoaning ikki hujumchisi mashg'ulotlarda qatnashmayapti. Bular - Zohir Qo'ziboev va Kenja To'raev. Bizga ma'lum bo'lishicha, bu ikki futbolchi bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovning rejalaridan o'rin olmagan. Tarkibga yangi qo'shilganlardan Akrom Bahriddinov bor. "Mashal" 28 dekabr kuni "So'g'diyona"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia