Kutilmagan transfer: Kerroll Franciya klubiga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
31 aug 2023
"Amen" "Reding" hujumchisi Endryu Kerrollga qiziqish bildirmoqda.

Chempionshipning so'nggi natijalariga ko'ra, "Reding" 22-o'rinni egallab, ligada jon saqlab qola olmadi. Jurnalist Santi Aunaning yozishicha, endilikda Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Franciyada ish topishi mumkin: 34 yoshli futbolchi Liga 2'da o'ynayotgan "Amen"da tibbiy ko'rikdan o'tgan. Tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

Endryu Kerroll "Liverpul", "Vest Xem" va "Nyukasl"dagi o'yinlari bilan tanilgan. Futbolchi 2022 yilning sentyabridan beri "Reding" sharafini himoya qilib kelayotgandi. Transfermarkt portali angliyalikni 300 000 evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: euro-football.ru

Izohlar

Forever Manchester United
31 aug 2023
300ming bulsa bizni klublar olsa yaxshi bulardi Ochlda foydasi tegardi
ÓZINGNI BOSS BOLAPAQIR
31 aug 2023
Juda yosh porlagandi 18 yoshida ichkilikka berilib qolgan deb yozgandi matbuotda
Djurayev Akbar
31 aug 2023
Эх, эссиз... Нахотки бир пайтлар АПЛни ёндирган ўйинчи хозир 300,000 бўса...? Кайфга хаддан ташқари рўжў қўйган кўринади...