Kevin Gameyro: Anchelotti PSJda ekanligida menga umuman imkoniyat bermadi

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013
"Sevilya" hujumchisi Kevin Gameyroning aytishicha, "PSJ" sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti unga parij klubida o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat bermagan ekan.
"O'tgan mavsumda men bilan bo'lib o'tgan ishlarni boshdan kechirish oson bo'lmadi. Yo'q, men har doim asosiy tarkibda tushishim kerak edi, demayman. Men faqat o'zimni ko'rsatishim uchun imkon berilmagani haqida aytyapman".

"Bir o'yinda gol urasan-da, kelasi uchrashuvda g'atto qaydnomaga ham kiritilmaysan".

"Menga eng alam qilgani, boshqa barcha hujumchilar jarohat olgan paytda ham Chempionlar Ligasida menga ishonch bildirilmagani bo'lgan edi", dedi Grameyro.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru