Kevin Strotman: "O'ylashimcha, bu "Roma" uchun yaxshi mavsum bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
10 iyun 2017
"Roma" yarim himoyachisi Kevin Strotman ortda qolgan mavsum haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'ylashimcha, bu "Roma" uchun yaxshi mavsum bo'ldi. Biz "Yuventus"ga birozgina imkoniyatni boy bergan holda ikkinchi o'rinni egalladik va YCHL guruh bosqichiga yo'llanma oldik. Jamoa o'z tarixida rekord darajada ochko jamg'ardi. Men yaqindagina jamoa bilan 2022 yilgacha mo'ljallangan yangi bitimga imzo chekdim. Endi hotirjam tatilga chiqishim mumkin", - dedi Strotman.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Ad.nl