Keyn Xollandga tegishli bo'lgan Bundesliga rekordini yangiladi

Khoja
23 nov 2024
Kecha Bavariya Ausburgga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi barcha gollarni mezbonlar hujumchisi Xarri Keyn kiritdi. Shu tariqa, angliyalik hujumchi Bundesligadagi 50-golini urishga erishdi. Unga ushbu natijaga erishish uchun 43 ta uchrashuv etarli bo'ldi. Shu tariqa, hujumchi Bundesligada 50 ta gol urish uchun eng kam o'yin o'tkazgan futbolchi sifatida rekord o'rnatdi.

Bundan oldingi eng yaxshi natija Erling Xollandga tegishli edi. Norvegiyalik hujumchi 50 talik dovondan 50 ta uchrashuvda o'tgandi.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: championat.com

Izohlar

Красавчик Красавчик
23 nov 2024
Агар Холланд Баварияда уйнаганда 50 тамас 150 та урарди...
Haqiqat-2
23 nov 2024
Бундеслига даражаси билиниб копти, Бавария ва Бошкалар...