Keyrush Eron terma jamoasidan ketayotganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2019
Osiyo Kubogi-2019 yarim finali doirasidagi Eron - Yaponiya (0:3) uchrashuvidan so'ng Karlush Keyrush iste'foga chiqishini ma'lum qildi.

Portugaliyalik mutaxassis matbuot anjumanida bu Eron bosh murabbiyi sifatidagi so'nggi bahsi ekanini aytib o'tdi.

Karlush Keyrush 2011 yil 4 aprel kuni Eron bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Shu davr ichida Eron ikki marta Jahon chempionatiga va ikki marta Osiyo Kubogida ishtirok etdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia