Kichik Ronaldu terma jamoaga chaqirildi

Khoja
21 okt 2025
“Al Nassr” klubining 15 yoshli vingeri Krishtianu Ronaldu doc Santush Portugaliya U-16 terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi o'zining rasmiy saytida ma'lum qildi. Bu yosh futbolchining ushbu yosh toifasidagi terma jamoaga debyut chaqiruvi hisoblanadi.

Besh karra “Oltin to'p” sohibining o'g'li Turkiyadagi turnirda qatnashadi. Ushbu musobaqada Portugaliya U-16 terma jamoasi Turkiya, Uels va Angliya kabi jamoalarga qarshi bahs olib boradi. 

Ma'lumot uchun, avvalroq Ronaldu junior may oyida Portugaliya U-15 jamoasiga jalb qilingandi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru