Kiknadze "Loko"dan ketmoqda (SE)

Sherzod Nurmatov
23 dek 2020
"Lokomotiv" (Moskva) bosh direktori Vasiliy Kiknadze klubni tark etadi.

"Sport-Ekspress" xabariga ko'ra, u bugun onlayn tarzda bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida "Lokomotiv"dagi ishi tugagani haqida ma'lum qildi.

Jamoaning yangi bosh direktori kelgusi haftaning boshida ma'lum bo'ladi. 

Kiknadze ushbu lavozimda 2018 yil 29 dekabridan beri ishlab kelayotgandi.

"Lokomotiv" Rossiya chempionatining 19 turidan so'ng sakkizinchi o'rinda bormoqda. Shuningdek, jamoa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida oxirgi o'rinni egallab, evrokuboklardan chiqib ketgan.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс