Kimmix "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi

Sherzod Nurmatov
7 apr 2026
"Real" va "Bavariya" seshanba kuni kechqurun Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o'yinida "Santyago Bernabeu"da to'qnash keladi.

“Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmich bo'lajak uchrashuv haqida quyidagilarni aytdi:

"Har bir o'yinda o'z uslubimizni namoyish etishni istaymiz. "Real"ning o'ziga xos uslubi bor - ular har qanday vaziyatda xavf tug'dirishi mumkin. Biz uchun maydonda o'z kuchli tomonlarimizni namoyish etish muhim. Albatta, "Real"ning uslubiga ham moslashamiz".

"Real" – "Bavariya" bellashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com