Klaudio Raneri Shomurodovning kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Khoja
31 yanv 2025
Roma bosh murabbiyi Klaudio Raneri Eldor Shomurodov jamoada qolishini ma'lum qildi.

Bu haqida Romapress nashri xabar bermoqda.

Shomurodovga jamoada qolishini aytdim. Uni hamma yaxshi ko'radi. Uni muxlislar ham hurmat qiladi. Chunki u maydonda maksimal tarzda harakat qiladi. Men esa undan doimo g'azablanaman. Shuning uchun unga: Agar ketsang, kimga jahl qilaman? deb aytdim, - deb fikr bildirdi murabbiy.


KhojaMuallif
Manba: romapress.net