Klayn Londonga qaytdi

"Kristal Pelas" klubi rasmiy sayti o'ng qanot himoyachisi Nataniel Klayn bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi.

Futbolchi London klubi uchun tekinga tushdi. 29 yoshli fulbekning "Liverpul" bilan shartnomasi iyul oyida yakunlangan va erkin agentga aylangan edi.

Ma'lumot uchun, Klayn "Kristal Pelas" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2012 yilda jamoani tark etguniga qadar "burgutlar" libosida 137 o'yin o'tkazgan (1 gol, 7 ta assist).


Manba: cpfc.co.uk