Klopp: “Yaxshi hamki u: “Liverpul” – bu men boradigan oxirgi joy”, deb aytmadi”

Eldor Akmurzayev
28 fev 2020
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp “RB Leyptsig” forvardi Timo Vernerning so'zlariga munosabat bildirdi.

Verner mersisaydliklar haqida iliq fikrlarini bildirib o'tgan edi.

“Verner “Liverpul” bilan faxrlanishini aytdimi? Bu yoqimli, ammo ushbu mavzuga doir boshqa hech narsa ayta olmayman. Yaxshi hamki u: “Liverpul” – bu men boradigan oxirgi joy”, deb aytmadi”, dedi Klopp. 

Timo joriy mavsum Bundesligada 23ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 7ta assistga erishgan. Uning transfer narxi esa 30 mln.ga baholanmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports