

Ilk bosqich bahsi mezbon Al-Sadd hamda Okeaniya chempioni Iengen (Yangi Kaledoniya) o'rtasida bo'lib o'tadi. Mazkur juftlik g'olibi keyingi raundda KONKAKAF chempioni Monterrey (Meksika) jamoasiga qarshi to'qnash keladi.
Ushbu bosqichning ikkinchi o'yini esa Osiyo chempionlar ligasi g'olibi hamda Afrika chempioni Esperens (Tunis) o'rtasida o'tkaziladi. Ushbu juftlik g'olibi yarim finalda KONMEBOL chempioni bilan uchrashadi. YCHLning amaldagi titul sohibi Liverpul esa final ostonasida Monterrey, Iengen yoki Al-Sadd klublaridan biriga duch keladi.
Eslatib o'tamiz, hisob bo'yicha 16 marotaba tashkil etilayotgan klublar o'rtasidagi mundial 11 dan 21 dekabrga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
P.S. Al-Sadd OCHLning yarim finaliga yo'l olganini hisobga olib, agar Xavi shogirdlari musobaqa g'olibiga aylanadigan bo'lishsa, u holda qatarliklar klublar o'rtasidagi JCHni 2-raunddan boshlaydi va Liverpul bilan finalgacha to'qnash kelmaydi. O'z navbatida, Al-Saddning o'rnini OCHL finalchisi egallaydi.




