Kompani keyingi mavsumda Myullerni "Bavariya" tarkibida ko'rmayapti

Sherzod Nurmatov
4 apr 2025
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller bilan shartnomani uzaytirmagani sabablari malum bo'ldi.

Bu haqda Goal.com malumot berdi.

Manbaga ko'ra, myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani klub rahbariyatini keyingi mavsumda futbolchiga ishonch bildirmasligini malum qilgan.

Myullerning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Hujumchi klub tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2009 yildan beri asosiy jamoada to'p tepadi.

34 yoshli futbolchi Bundesligada 23 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Goal.com

Izohlar

Ааа Ууу
4 apr
2024 йили ёзида якунига етади...бу йил нечанчи йил?
Dostonbek Bavariya
4 apr
Keyingi mavsumda Kompanini o'zini ham ko'rmasak yaxshi bo'lar edi. Myuller esa Bavariya afsonasi. Shu yerdan pensiyaga chiqsa yaxshi bo'lardi
bekhzodsaidov
4 apr
Shunda Myuller erkin agent boʻlib oʻynayabdimi. Hozir 2025-yil hurmatli adminlar. Saviyangiz borgan sari pasayib boryabdi. Chalasavodlar
Goal!!
4 apr
Bavaria emblemasi desa ham boʻladi Müllerni, u qolishi shart
Bavariya champion
4 apr
Kompaniyni ozi yoq bolip ketsin Fudbolchi sifatida ham Myuller Kompaniydan kuchli