Kompani PSJ ustidan qozonilgan g'alabadan keyin: "Yana 1-2 ta gol urganimizda o'yin ancha xotirjam ruhda o'tardi"

Omonjon To`xtamirzayev
27 nov 2024
Vensan Kompani "Bavariya"ning PSJga qarshi o'yinidan qoniqish hosil qilganini malum qildi.

Myunxen klubi 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Albatta, men qoniqish hosil qildim. Biz muxlislar uylariga xursand ruhda yo'l olishlarini istagandik va buni uddaladik. Birinchi bo'limdagi pressingimiz juda yaxshi chiqdi.

Biz yana bitta yoki ikkita gol urishimiz mumkin edi va o'shanda o'yin ancha xotirjam ruhda davom etardi. Umumiy olib aytganda, biz yaxshi o'yin o'tkazdik", – dedi "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: Uefa.com

Izohlar

Muhammadali Sirojiddinov
27 nov 2024
Realchila bormisila Real Madrid N1
Shohrux Rahmatov
27 nov 2024
Xullas bavaria ga baribir nemis murabbiy kerak ekan. Konte ham zo'r boshqarsa kere bavariani
Muhammadali Sirojiddinov
27 nov 2024
Realchila bormisila Real Madrid N1