KONKAKAF chempionlar ligasi. Inter Mayami yana Messisiz mag'lub bo'ldi

Khoja
4 apr 2024
KONKAKAF chempionlar ligasining chorak final uchrashuvining ilk bahsida Inter Mayami Monterreyga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvni Lionel Messi jarohat sababli o'tkazib yubordi. Florida jamoasi uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lishlariga qaramasdan yakunda 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

KONKAKAF chempionlar ligasi

1/4 final, birinchi uchrashuv

Inter Mayami AQSH – Monterrey Meksika 1:2 (1:0, 0:2)

Gollar: 1:0 – 19 Aviles, 1:1 – 69 Mesa, 1:2 – 89 Rodriges.

Inter Mayami – Kellender, Veygandt, Freyre, Aviles, Alba, Buskets, Gomes, Ruis, Teylor (Afonso, 37; Seylor, 67), Gressel, Suares.

Monterrey – Andrada, Moreno (Vegas, 46), Gusman, Arteaga, Galyardo (Berterame, 57), Rodriges, Kanales, Mesa, Romo (Kortiso, 57), Agirre, Vaskes (Korona, 85).


KhojaMuallif
Manba: championat.asia