KONMEBOL Amerika kubogi ramziy terma jamoasini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2021
KONMEBOL 2021 yilgi Amerika kubogi musobaqasining ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Ramziy terma jamoadan to'rt argentinalik va uch braziliyalik joy olgan bo'lsa, Chili, Kolumbiya, Peru va Ekvador jamoalaridan bir nafardan futbolchi ramziy jamoaga kirgan.

To'liq jamoa:

Damian Martines (Argentina), Pervis Estupinyan (Ekvador), Markinos (Braziliya), Kristian Romero (Argentina), Maurisio Isla (Chili), Yosimar Yotun (Peru), Kazemiro (Braziliya), Rodrigo De Paul (Argentina), Luis Dias (Kolumbiya), Neymar (Braziliya), Lionel Messi (Argentina).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://www.conmebol.com/