KONMEBOL ham jahon chempionati islohotiga qarshi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2021
FIFA prezidenti Janni Infantino har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o'tkazish tashabbusi bilan chiqqandi.

UEFAning top ligalari bu g'oyani keskin tanqid qilib, buni zich taqvimda futbolni o'ldirish deb atashdi. KONMEBOL ham shunday bayonot berdi: "Islohot sayyoradagi eng yaxshi futbol turnirini yo'q qilishi, uning sifatini pasaytirishi, o'ziga xos xarakteri va amaldagi standartlarini qadrsizlantirishi mumkin".

Janubiy Amerika federatsiyalari hozirgi formatni saqlab qolish tarafdori. Avvalroq klublar assotsiatsiyasi, UEFA va top ligalar islohotga qarshi chiqishgan. 

Eslatib o'tamiz, keyingi jahon chempionati bir yildan so'ng Qatarda o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: КОНМЕБОЛ