Konte: "Agar Bellingem uning natijasini takrorlaganida, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritardi"

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Kontedan yarim himoyachi Skott Maktomineyning darajasi haqida so'rashdi.

"Agar Bellingem "Napoli"da Skott bu erda qilgan natijani aynan takrorlaganida, "Real" hamma narsani yutar va u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritardi. Savolingizga javob shu", – dedi 56 yoshli mutaxassis.

Skott Maktominey ushbu mavsum A Seriya doirasidagi 23 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ChinoUTD