Konte: "Bu yil "Napoli" uchun qiyin bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
6 okt 2025
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya 6-turida "Jenoa" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (2:1) bo'lajak mavsum haqida fikr bildirdi.

"Biz mutlaqo notanish yo'lda ketyapmiz. Aytganimdek, bu yil, menimcha, biz uchun eng qiyini bo'ladi. Nega? Chunki biz Chempionlar Ligasida o'ynashimiz kerak. O'tgan yili birorta o'yin, hatto Kubok o'yinida ham o'ynamaganimizni hisobga oling. Bizda bu qiyinchiliklarni engishga to'liq tayyor tarkib yo'q", – dedi Konte.

"Napoli" hisobida 15 ochko bor va Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TuttoNapoli