Konte "Chelsi" mashg'ulotlarini antiqa metodda olib bormoqda + FOTO

Tolibjon Qosimov
15 sen 2017
Angliyaning amaldagi chempioni "Chelsi" YCHLdagi muvaffaqiyatli startdan keyin mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

"Qorabog'" ustidan qozonilgan yirik g'alaba (6:0)dan keyin "ko'klar" Premer-ligada "Arsenal" bilan bellashadilar. Bosh murabbiy Antonio Konte "kanonirlar"ga qarshi bahsga tayyorlanish uchun o'zgacha metoddan foydalanmoqda. "Chelsi"ning Kobxemdagi mashg'ulot bazasida ulkan yoga to'plari "uchib" yuribdi.

Yangi metodika o'yinchilarga yoqqan ko'rinadi, ularning yuzida tabassum.

Bu yerda esa - kurash.

Yangicha metoddagi mashg'ulot suratlari tomosha qilish ham qiziq.

Birgina yoga to'pi bilan o'nlab uslubdagi mashqlar bajarilmoqda.


Bunday mashg'ulot o'yinchilarga yoqib tushganini futbolchilarning yuzlaridan sezish mumkin.


Bakayoko esa David Luiz bilan havodagi to'p uchun kurashni mashq qilmoqda.





Yangicha va antiqa metoddagi mashg'ulotlar "aristokratlar"ga qanchalik ijobiy ta’sir qilganini 17 sentyabr sanasida "Arsenal"ga qarshi kechadigan bahsda bilib olamiz.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk