Konte "Inter"ga Argentina terma jamoasi futbolchisini olib kelmoqchi

Alisher
18 noya 2019
"Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo de Paul qishki transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Milanning "Inter" klubi 25 yoshli argentinalik xavbekni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Futbolchining transferini "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte xohlamoqda.

Milanliklar rahbariyati futbolchi uchun 35 million evro sarflashga tayyorlar.

De Paul joriy mavsum A Seriyada 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport