Konte: "Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirdi"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2025
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar Ligasining 2-turida "Sporting" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Sporting" – bu ajoyib o'yinchilarga ega yaxshi, kuchli jamoa. Ular kuchli tarkib bilan boshladi, ammo muhim futbolchilarni ham zaxiraga oldi. 70 daqiqadan so'ng men David Neres va Noa Langni maydonga tushirdim. Ular haqiqatan ham o'yinni kuchaytirdi", – dedi Konte.

"Napoli" 3-turda PSV bilan, "Sporting" esa "Marsel" bilan kuch sinashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com