Ko'pchilik kurashgan 21 yoshli himoyachi faoliyatini “Tottenxem”da davom ettiradi

Khoja
10 yanv 2024
“Jenoa”ning 21 yoshli himoyachisi Radu Dregushin faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

Himoyachi Londonning “Tottenxem” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Italiyaliklar himoyachisi uchun 30 million evro oladi.

Avvalroq, ushbu futbolchi uchun Manchester jamoalari, “Bavariya”, “Barselona” va yana bir qator TOP jamoalar kurash olib borgandi.

Radu Dregushin joriy mavsum Italiya A seriyasida 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 2 ta gol bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com