Koreya Respublikasi termasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Khoja
8 iyul 2024
Bu haqida mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Endilikda koreyaliklarni mamlakat futboli afsonasi, JCH-2002 musobaqasining Bronza to'pi sohibi Xon Myon Bo boshqarib boradi. Unga 2026 yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi.

Bo bunga qadar ham terma jamoani bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Terma jamoa uning qo'l ostida JCH-2014 turnirida ishtirok etgan va guruhda so'nggi o'rindan joy olgandi.


KhojaMuallif
Manba: